Singapur hukumati 1-sentabr kuni Zika virusiga yo‘liqish bilan bog‘liq 31 yangi holatni tasdiqladi. Shu tariqa, xastalarning ushbu mamlakatdagi umumiy soni 151 kishiga yetdi, deb xabar beradi “Interfaks”.
Xastalar orasida homilador ayol bor.
Singapur Sharqiy Osiyoning Zika virusi faol tarzda tarqalib borayotgan yagona mamlakatidir.
Izoh (0)