Angliya tibbiy muassasalarida ishlayotgan kichik shifokorlar hukumat bilan yangi mehnat shartnomalariga o‘tish to‘g‘risidagi muzokaralar muvaffaqiyatsiz yakunlangani tufayli besh kunlik ish tashlash e’lon qildi. Bu haqda, BBC’ga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Britaniya tibbiyot uyushmasi 12–16-sentabr kunlari o‘tadigan ish tashlashga qo‘llab-quvvatlash bildirdi.
“Men muloqot olib borishni, mavjud muammolarni hal qilish uchun muzokaralar stoliga o‘tirishni xohlayman. O‘ylashimcha, kichik shifokorlar o‘ta murakkab sharoitlarda, tunlari, dam olish kunlarisiz ishlamoqda, ular milliy sog‘liqni saqlash xizmatidagi eng mehnatkash xodimlar hisoblanadi. Lekin biz tarixdagi eng yirik ish tashlash o‘tkazilishi haqida qaror qabul qilingan bir sharoitda muzokaralar olib bora olmaymiz”, — deb yangilikka munosabat bildirdi mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Jeremi Xant.
Ish tashlash tufayli 100 ming operatsiya va 1 milliondan ortiq qabul bekor qilinishi kutilmoqda.
Izoh (0)