Suriya armiyasi va ko‘ngilli otryadlar Alepponing janubiy sarhadlarida terrorchilarga qarshi kurash olib bormoqda. “TASS”ning ma’lum qilishicha, qo‘shinlar bu yo‘nalishdagi yetti hujumni qaytarib, Ramus orqali shaharning sharqiy kvartallariga kirish yo‘lini yopishga erishdi.
Suriya armiyasi Aleppo janubidagi harbiy o‘quv yurtlari majmuini ushlab turib, al-Imara va al-Baranda tepaliklari tomoni siljib bormoqda. Bu yo‘nalishda 25 jangari yo‘q qilindi. Ular orasida “Ahror ash-Shom” terrorchi guruhi brigada komandiri Majid Shava bor.
Shuningdek, hukumat qo‘shinlari bugun, 31-avgustda Xama shahri atrofida hujumga o‘tib, al-Buvayza aholi yashash punktini qaytarib oldi. Bu operatsiya davomida 17 jangari yo‘q qilindi.