Mustaqillik yillarida O‘zbekiston qo‘shnilari bilan o‘zaro hurmat, o‘zaro manfaatlarni tan olish asosida olib borayotgan aloqalarni mustahkamlashga harakat qilib keldi. Bu haqda Prezident Islom Karimovning O‘zbekiston xalqiga mustaqillikning 25 yilligi munosabati bilan yo‘llagan bayram tabrigida aytildi. Tabrik matnini O‘zA taqdim etdi.
“O‘zbekistonda olib borilayotgan tashqi siyosatning asosiy yo‘nalishlari sifatida biz boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik va paydo bo‘layotgan qarama-qarshilik va ziddiyatlarni tinch, siyosiy kelishuvlar yo‘li bilan yechish tarafdorimiz”, — ta’kidladi Islom Karimov.
“Turli harbiy-siyosiy blok va alyanslarga qo‘shilmaslik, yurtimiz hududida chet davlatlarning harbiy bazalari joylashtirilishiga va harbiylarimizning chegaralarimizdan tashqaridagi hududlarda bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslikni o‘zimiz uchun ma’qul deb bilamiz, — so‘zida davom etdi davlat rahbari. — Biz mustaqillik yillarida yaqin va uzoq qo‘shnilarimiz bilan o‘zaro hurmat, o‘zaro manfaatlarni tan olish asosida olib borayotgan aloqalarimizni, avvalo hamkorlik va hamjihatlik munosabatlarini mustahkamlashga harakat qilib kelganmiz va ayni shunday siyosatni davom ettirishga tayyormiz”.
Izoh (0)