O‘zbekiston xalqiga mustaqillikning 25 yilligi munosabati bilan yo‘llagan bayram tabrigining yakuniy qismida Prezident Islom Karimov mamlakat yoshlariga qarata ruhlantiruvchi so‘zlarni aytdi. Tabrik matnini O‘zA taqdim etdi.
“Siz, yoshlarimizga, mening aziz farzandlarimga qaratib aytmoqchiman: bo‘sh kelmang, azizlarim, davr bizniki, marra bizniki!” — dedi O‘zbekiston rahbari.
“Qadrli va muhtaram vatandoshlarim!
Sizlarni, butun xalqimizni Mustaqillik kuni bilan yana bir bor tabriklab, barchangizga tinchlik-omonlik, baxtu saodat, xonadonlaringizga, el-yurtimizga fayzu baraka tilayman.
Barcha ezgu ishlarimizda Yaratganning o‘zi qo‘llasin, o‘zi madadkor bo‘lsin!
Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, xalqimiz omon bo‘lsin!
Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!”.
Shu so‘zlar bilan Islom Karimov bayram tabrigini yakunladi.
Izoh (0)