Afg‘oniston shimolidagi Juzjon viloyatida sodir bo‘lgan portlash oqibatida uch bola yaralandi. Bu haqda, “Sinxua”ga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Mahalliy politsiya vakilining bildirishicha, mahalliy mehmonxonada o‘tkazilayotgan to‘y tantanasi chog‘ida portlash ro‘y bergan. Buning oqibatida zaldagi uch bola yaralangan.
Uning qo‘shimcha tarzda aytib o‘tishicha, portlash shaxsiy adovat tufayli amalga oshirilgan bo‘lishi mumkin.
Voqea yuzasidan tekshiruv olib borilmoqda.
Izoh (0)