22-avgustdan 28-avgustga qadar butun Yaponiya bo‘ylab uch mingga yaqin odam jazirama tufayli shifoxonaga joylashtirildi. Bu haqda 30-avgust, seshanba kuni mamlakat o‘t o‘chirish bosh boshqarmasi ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “TASS”.
Quyosh urishi oqibatida jami 2821 kishi shifoxonaga yotqizilganligi, ikki kishi halok bo‘lganligi ta’kidlanmoqda. Bir hafta avval ob-havoning haddan ortiq isib ketishi oqibatida 5 kishi halok bo‘lib, 5668 kishi shifoxonalarga tushgan edi.
Yaponiyada iyun oyi o‘rtalaridan buyon issiq ob-havo kuzatilmoqda. Faqat iyul, avgust oylarida 30 mingdan ortiq odam kasalxonaga joylashtirilgan. O‘tgan yili Yaponiyada jazirama tufayli 100 dan ortiq odam halok bo‘lgan, yana 53 ming nafari shifoxonaga tushgan edi.
Izoh (0)