Shveysariya qidiruv xizmatlari 29-avgust kuni o‘quv mashg‘ulotlari chog‘ida yo‘qolib qolgan F/A-18C Hornet harbiy samolyoti qoldiqlarini topdi. Bu haqda, Reuters’ga asoslanib, “RBK” xabar bermoqda.
Mamlakat mudofaa vazirligining bildirishicha, samolyot Shveysariya Alplaridagi Zusten dovoni yaqinida halokatga uchragan. Tog‘lardagi noqulay ob-havo sharoitlari qidiruv ishlariga to‘sqinlik qilayotgan edi.
Qutqaruvchilar uchuvchini qidirmoqda, uning taqdiri noma’lumligicha qolmoqda.
Izoh (0)