O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining o‘rinbosari — O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokurori Shuxrat Sharapovich Uzakov yangi lavozimga tayinlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar bermoqda.
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 26.08.2016-yildagi Farmoniga asosan Shuxrat Sharapovich Uzakov O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti boshlig‘i lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan egallab turgan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining o‘rinbosari — O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokurori lavozimidan ozod etildi”, — deyiladi xabarnomada.
Izoh (0)