Euronews axborot agentligi Postcards ko‘rsatuvlar dasturi doirasida O‘zbekistonning madaniy-tarixiy merosini yoritishda davom etadi. Bu haqda “O‘zbekturizm” MK matbuot xizmati xabar bermoqda.
Joriy yilning 30-avgust kuni Euronews telekanalida telekompaniya bilan hamkorlikning yangi bosqichi doirasida “O‘zbekistondan otkritkalar” dasturining birinchi epizodi efirga chiqadi.
“Samarqanddan otkritkalar: Tilla Qori madrasasi” epizodi 4-sentabrga qadar namoyish etiladi. Mazkur reportajning mahalliy vaqt bo‘yicha namoyish etilishi aks etgan to‘liq jadval bilan “O‘zbekturizm” MK saytida tanishishingiz mumkin.
Eslatib o‘tamiz, “O‘zbekistondan otkritkalar”ning birinchi reportaji Samarqanddagi Go‘ri Amir maqbarasiga, ikkinchi reportaji Xiva obidalari — Ichan-qal’a va Kalta Minorga, uchinchi reportaji Xivadagi Tosh-hovli saroyiga, to‘rtinchisi Marg‘ilon shoyisiga, beshinchisi esa Rishton kulolchiligiga, oltinchisi Shahrisabz shahrida joylashgan Oqsaroy saroyiga bag‘ishlangan edi.
Izoh (0)