Amerikaning Alaska Airlines aviakompaniyasiga tegishli samolyot 29-avgust, dushanba kuni parvoz davomida eshikni ochishga uringan asabiy yo‘lovchi tufayli Minneapolis va Sent-Pol shaharlar xalqaro aeroportiga majburiy qo‘nishni amalga oshirdi. Bu haqda CBC telekompaniyasi ma’lumotiga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Politsiya uni so‘roq qilgandan so‘ng, yigit o‘z-o‘ziga xavf tug‘dirmoqda degan xulosaga keldi.
Hodisa Nyu-Yorkning Jon Kennedi nomli xalqaro aeroportidan Sietlga (Vashington shtati) reysni amalga oshirish chog‘ida yuz berdi. Yo‘lovchi Joshana Godvinning telekompaniyaga ma’lum qilishicha, unga qo‘shni 20 yoshlar atrofidagi yigit tinmay sumkasini kavlashtirgan. Qiz uning dori tabletkasini olganligini ko‘rgan. Shundan so‘ng u uxlab qolgan va styuardessalar ichimliklarni tarqatayotgan paytda uyg‘ongan.
Yigit reysni bekor qilishi va samolyotdan chiqishi kerakligini ma’lum qilgan. Ekipaj uni suhbatlar bilan chalg‘itib, boshqa yo‘lovchilardan ajratib qo‘ygan. Samolyot qo‘ngandan so‘ng yigit aeroportdagi politsiya uchastkasiga yetkazilgan.
Alaska Airlines parvoz davomida kirish eshigini ochib bo‘lmasligini ma’lum qildi. Yigit Edindagi shifoxonaga yetkazildi.