Rio–2016 Olimpiadasida xizmat qilgan “Deodoro” sport majmuasi mahalliy ishchilar tomonidan faol ravishda qismlarga ajratilmoqda. Musobaqalarda sportchilar chiqqan qoplama ham olib tashlandi, deb xabar beradi “Vesti.ru”.
Olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rilayotganda ushbu majmuaning qurilishiga 250 million dollar sarflangandi. Hozir esa Paralimpiya o‘yinlarini kutib o‘tirmay, uning ichidagi qimmatbaho apparaturalar olib chiqilmoqda.
Avvaliga bu yerda paralimpiyachilarning aravachalardagi qilichbozlik musobaqalari o‘tkazilishi kutilgandi. Hatto maxsus yo‘l ko‘rsatkichlar ham o‘rnatilgandi. Hozir esa bularning barchasi chiqindi ostida qolib ketdi. So‘nggi pallada qilichbozlik musobaqalarini boshqa majmuada o‘tkazishga qaror qilindi.
Izoh (0)