O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Sardor Rashidov Jizzax shahridagi mehribonlik uylaridan birida bo‘lib, uning tarbiyalanuvchilari bilan muloqotda bo‘ldi, deb xabar berdi “Championat.asia”.
Rashidov Osiyo Chempionlar Ligasining chorak finalida “Al-Jaish” sharafini himoya qilib, “An-Nasr”ga qarshi bellashuvdan keyinoq O‘zbekistonga qaytib kelgandi. Terma jamoa yig‘iniga qo‘shilish oldidan u mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarining ko‘nglini ko‘tarishga qaror qildi. Bolalar bilan suratga tushdi, savollariga javob qaytardi hamda ularga sovg‘alar ulashdi.
Jizzax viloyatida tavallud topgan Sardor Rashidov katta ehtimol bilan O‘zbekiston milliy terma jamoasining JCh—2018 3-saralash bosqichidagi Suriyaga qarshi o‘yinida harakat qiladi.
Izoh (0)