Paragvay shimoli-sharqidagi Arroyito shahri yaqinida jangarilar hujumi oqibatida mamlakat armiyasining sakkiz nafar askari halok bo‘ldi. Bu haqda 27-avgust, shanba kuni armiya bo‘linmasi vakili podpolkovnik Raul Pereyra ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “TASS”.
Jangarilar pistirma uyushtirib, harbiylar o‘tadigan yo‘lga portlovchi qurilma joylashtirgan. Dastlabki ma’lumotlarga qaraganda, hujumdan qurol-yarog‘larni qo‘lga kiritish maqsadi ko‘zlangan.
Paragvay ichki ishlar vaziri Fransisko de Vargasning so‘zlariga qaraganda, jangarilar asosan mamlakatning shimoli-sharqida amal qiluvchi so‘l ekstremistik guruh Paragvay xalq armiyasining a’zolari bo‘lishi mumkin.
Izoh (0)