Olmaliq shahrida tug‘ilgan va keyinchalik oilasi bilan Germaniyaga ko‘chib ketgan o‘zbekistonlik Valdemar Anton Germaniya U-21 termasidan chaqiruv qog‘ozi olgani “Championat.asia” nashri tomonidan ma’lum qilindi.
“Gannover” klubi bilan professional shartnoma tuzib ulgurgan va o‘tgan mavsum Bundesliga o‘yinlarida ishtirok etgan Anton 2-sentabr kuni Slovakiyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida, 6-sentabr kuni esa Finlyandiyaga qarshi Yevropa Chempionati saralashi doirasida maydonga tushishi mumkin.
Avvalroq 20 yoshli Antonning O‘zbekiston milliy terma jamoasida o‘ynashi mumkinligi to‘g‘risida xabarlar paydo bo‘lgandi.
Futbolchini o‘z safida ko‘rishni istayotgan Germaniya U-21 terma jamoasi 2017 yilning 16—30-iyun kunlari Polshada bo‘lib o‘tadigan Yevropa Chempionatida ishtirok etish uchun saralash bosqichida qatnashmoqda.
Izoh (0)