Rossiya va Eron Fors ko‘rfazida dengiz burg‘ulash qurilmalarini qurish uchun 1 milliard dollarlik shartnoma imzoladi. Bu haqda IRNA agentligi ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “TASS”.
Eronning Tasdid kompaniyasi va Rossiyaning “Krasniye barrikadi” kemasozlik zavodi Fors ko‘rfazi hududida neft va gazni qidirib topish va qazib olish maqsadida beshta dengiz burg‘ulash qurilmasining qurilishi uchun 1 milliard dollarlik bitim imzoladi.
“Rossiya tomoni shartnomaning 85 foizini ta’minlash majburiyatini oldi”, — ta’kidladi agentlik.
Burg‘ulash qurilmalari Xurramshahr portida keyingi ikki yil davomida qurilishi lozim.
Izoh (0)