Chad hukumat qo‘shinlari avtomobilining portlab ketishi oqibatida kamida to‘rt nafar harbiy xizmatchi halok bo‘ldi, yana o‘n nafarga yaqini yaralandi. Bu haqda AFP agentligi ma’lumotiga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Armiya avtomobili “Boko Haram” radikal guruhi jangarilari tomonidan o‘rnatilgan minada portlab ketgan.
Agentlikning ma’lum qilishicha, portlash Chad g‘arbidagi, qo‘shni Nigeriya bilan chegaradosh Kaiga Kinji aholi punkti yaqinida yuz bergan. Barcha jabrlangan va yaralanganlar Chad poytaxti Njamenaga yetkazilgan.
Chad ko‘li atrofini qo‘riqlayotgan harbiylar avval ham bir necha marta “Boko Haram” jangarilarining hujumiga uchragandi.
Izoh (0)