Gonkongda bortida 289 yo‘lovchi va 10 ekipaj a’zosi bo‘lgan parom baliqchilarning yelkanli kemasi bilan to‘qnashib ketdi. To‘qnashuv oqibatida bir kishi jabrlandi, deb xabar bermoqda “TASS”.
Hodisa 27-avgust, shanba kuni kechasi Lantau orolidan 5 kilometr janubi-g‘arbda sodir bo‘ldi. Makaodan Gonkongga yo‘l olayotgan parom ob-havoning noqulayligi sharoitida 15 metrli baliqchilar kemasiga urildi, uning ekipaji jabrlanmadi. Faqatgina paromning bir ayol yo‘lovchisi yengil jarohat oldi.
Mutaxassislar kemaning shikastlangan-shikastlanmaganini tekshirgach, parom belgilangan vaqtdan ikki soat kechikib manzilga yetib bordi.
Izoh (0)