Irlandiyalik Allan Dikson jonivorlarni kamera obyektivlari qarshisida tabassum qilishga ko‘ndira olish qobiliyati bois “doktor Dulittl” laqabini olgan. U olgan selfilar hayratlanarli — aftidan, Dikson jonivorlar bilan bir necha daqiqada do‘stlashib keta oladi.
“Asosiy qiyinchilik ularga xavfsiz vaziyatda ekanliklarini tushuntirishdir. Ularga imkon qadar yaqinroq boring, ammo sekin harakatlaning”, — deydi Dikson.
Shuningdek, u fotoapparatning shovqini va yorug‘ligini o‘chirib qo‘yishni maslahat beradi, aks holda jonivorlar hurkib ketishi mumkin.
Thingx Diksonning eng yaxshi ishlarini namoyish etadi.