Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe keyingi uch yil ichida Afrikani rivojlantirishga 30 milliard dollar ajratishga va’da berdi. “TASS”ning Kyodo agentligiga tayanib bildirishicha, hukumat rahbari Afrikani rivojlantirish bo‘yicha oltinchi Tokio xalqaro konferensiyasining Nayrobidagi ochilish marosimida bu borada bayonot berdi.
“Yaponiya kuch ishlatmasdan va bosim o‘tkazmasdan Afrikaning huquqlarga rioya qilinadigan va bozor iqtisodiyoti hurmat qilinadigan mintaqa sifatida rivojlanishiga ko‘mak berishni istaydi”, — dedi Abe.
Ilgariroq Nikkei gazetasi Yaponiyaning bir qator savdo korporatsiyalari Afrika mamlakatlarida elektrostansiyalar barpo etishga 4 milliard dollar ajratishini ma’lum qilgan edi.
Izoh (0)