Turkiyaga qarashli ikki F-16 qiruvchisi IShIDning Suriyadagi olti marrasiga zarba berdi. Bu haqda, Reuters’ga asoslanib, “RBK” xabar bermoqda.
Bundan tashqari, mamlakat harbiy-havo kuchlari Jarablus shahridan janubroqda joylashgan o‘q-dori omborini yo‘q qildi.
Ilgariroq Suriyaning “Jarablus harbiy kengashi” muxolif guruhi Turkiya samolyotlari shahardan janubdagi tinch aholi yashash joylariga zarba berganini ma’lum qilgan edi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.