Qatar futbol uyushmasi (QFA) o‘z vitse-prezidenti, FIFA tomonidan chetlashtirilishi talab qilinayotgan Saud al-Muhannadiyni qo‘llab-quvvatladi. Bu haqda, Reuters’ga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
“Uyushma ushbu masalaning to‘la shaklda va adolatli ko‘rib chiqilishi u axloq-odob qo‘mitasi bilan samimiy hamkorlik qilganini va unga qarshi har qanday ayblovlar asossizligini tasdiqlashiga ishonadi”, — deyiladi QFA bayonotida.
Ilgariroq FIFA axloq-odob qo‘mitasining tergov palatasi al-Muhannadiyni uyushma boshqaruvidan ikki yarim yil muxlatga chetlashtirishni tavsiya qilgan edi. Bundan tashqari, palata uyushmaga vitse-prezidentni 20,6 ming dollar jarimaga tortishni tavsiya etdi.
Al-Muhannadiy FIFA bilan hamkorlik qilishdan bosh tortganlikda ayblanmoqda. Hamkorlik qaysi masalada talab etilgani hozircha sir saqlanmoqda.
Izoh (0)