24 yoshli Brianna Dou homilador ekanligidan xabar topgach, bu haqda darhol turmush o‘rtog‘i Brendonga aytmadi, unga o‘zgacha syurpriz hozirlamoqchi bo‘ldi, deb yozadi “Barbara.babyblog.ru”.
Brianna to‘ylarida fotosuratchilik qilgan Samanta Boosni chaqirib syurprizli fotosessiya uyushtirishga qaror qildi.
Belgilangan kuni er-xotin bog‘da fotosuratchi bilan uchrashdi, u ularga bittadan taxta berib, o‘sha paytdagi hissiyotlarini tasvirlovchi uchta so‘zni yozishni so‘radi, shundan so‘ng ular o‘z taxtalarini bir-biriga berdi. Brendonning taxtasida “Sevgilim, yoqimtoyim, shirinim” so‘zlari bitilgan bo‘lsa, Brianna “Siz ota bo‘lasiz” degan jumlani o‘z taxtasiga tushirgan edi.
Brendon yozuvni o‘qib, o‘z hissiyotlarini tutib tura olmadi va yig‘lab yubordi, so‘ng rafiqasini uzoq quchdi. Ushbu ajoyib lahzalarning barchasi endi Doular oilasining oilaviy arxivida saqlanadi.
Izoh (0)