Xitoylik erkak internet-provayderning jihozlarini ishdan chiqarayotgan paytda politsiya tomonidan qo‘lga olindi. U o‘zi raqs tushgan video va fotosuratlar tarqalib ketishining oldini olish maqsadida internetni ishdan chiqarishga qaror qildi, deb xabar beradi TJournal.
Voqea Shandun provinsiyasida sodir bo‘ldi. Lyu ismli erkak katta maydonda o‘tgan ommaviy raqslarda ishtirok etgan edi. Tadbir paytida u o‘tkinchilar uni suratga olayotganini payqadi.
Keyinroq Lyu raqslari aks etgan foto va video tarmoqda tarqalishidan cho‘chiy boshladi. Tarmoqda uni masxara qilishlaridan qo‘rqqan erkak butun internetni yo‘q qilish qaroriga keldi.
Iyun oyining oxirida u optik tolali aloqa simlarini yo‘q qila boshladi. Uning xatti-harakatlaridan kelgan zarar 15 ming dollarni tashkil etdi.
Bu kabi holatlar ko‘payganidan so‘ng politsiya internet-provayderlar liniyalari o‘tgan hududlarda nazoratni kuchaytirdi. 19-avgust kuni Lyu qo‘lga olindi.
Lyuning xavotiri o‘rinsiz bo‘lib chiqdi. Uning foto va videolari internetda paydo bo‘lmadi.
Izoh (0)