25-avgust kuni Xitoyning Szyansu provinsiyasidagi Nantun shahridan ilk konteynerli poyezd Afg‘onistonga jo‘nab ketdi. Bu haqda, “Sinxua”ga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
84 konteyner ortilgan poyezd Xitoyni Markaziy Osiyo bilan bog‘laydigan doimiy servisga start berdi, deyiladi xabarda. Poyezdlar ushbu yo‘nalish bo‘yicha oyiga ikki marta yura boshlaydi.
Nantundan Hayraton ko‘prigigacha bo‘lgan masofa, mutaxassislarning hisob-kitoblariga qaraganda, 15 kun vaqt oladi.
Izoh (0)