Turkiya hukumati bir yil muqaddam Suriyaga qo‘shin kiritishni rejalashtirgan edi, ammo bu qaror keyinchalik harbiy to‘ntarishda ishtirok etgan harbiylarning nuqtai nazari bois orqaga surib kelindi. Bu haqda, The Washington Post gazetasiga asoslanib, “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Nashrning Turkiya rasmiy doiralaridagi manbalariga ko‘ra, Jarablusga qo‘shin kiritish masalasi 2015-yil iyuniga rejalashtirilgan bo‘lib, armiyaning bir qator qo‘mondonlari bunga qarshi chiqqani bois ortga surilgan edi. Jumladan, qo‘mondonlar Turkiya armiyasi bunday operatsiya o‘tkazish uchun yetarli resurslarga ega emasligi aytilgandi.
Rossiya samolyoti urib tushirilishi bilan bog‘liq voqeadan so‘ng harbiylarning nuqtai nazari yanada mustahkamlandi.
Keyinchalik Suriyadagi operatsiyaga qarshi bo‘lgan bir guruh harbiylar 16-iyunga o‘tar kechasi uyushtirilgan harbiy isyonda qatnashdi.
Izoh (0)