Rossiyaning Qozon shahrida “Biznes Online” gazetasi sport bo‘limi boshlig‘i Ayrat Shamilovning mashinasiga o‘t qo‘yib ketildi. Jurnalist “Rostov” futbol jamoasining sobiq murabbiyi Qurbon Berdiyev haqida shovshuvli materiallar tayyorlab kelayotgan edi, deb xabar beradi “Chempionat”.
Voqea joyiga yetib kelgan politsiya mashinaga o‘t qo‘yilganini tasdiqladi.
“Biznes Online” sahifalarida va ijtimoiy tarmoqlarda Shamilov Qurbon Berdiyevni keskin tanqid qilar, uni ortiq darajada katta xarajatlarda ayblardi.