Farg‘ona viloyati musiqali drama teatrining Toshkentga ijodiy safari doirasida O‘zbek Milliy akademik drama teatrida farg‘onalik ijodkorlarning “Ahmad Farg‘oniy” spektakli namoyish etildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Namoyish oldidan “O‘zbekteatr” ijodiy ishlab chiqarish birlashmasi bosh direktori o‘rinbosari B. Usmonov, O‘zbek Milliy akademik drama teatri direktori F. Ma’sudov, O‘zbekiston xalq artistlari Yo. Ahmedov, R. Ibrohimova, adabiyotshunos olim Sh. Rizayev va boshqalar chiqish qildi.
Spektaklni tayyorlashda adabiyotshunos olim Shuhrat Rizayev adabiy maslahatchi sifatida ko‘maklashdi. Ahmad Farg‘oniy rolini O‘zbekiston xalq artisti Muhammadali Abduqunduzov ijro etmoqda. Liboslar muallifi — mohir dizayner Sevara Zunnunova. Rollarni Kimsanboy Sobirov, Adham Akromov, Shokir Murodov, Aziz Temirov, Komila Valiyeva va boshqa aktyorlar ijro etmoqda.