Turkiyada istiqomat qiluvchi oila a’zolari ovqatdan zaharlanishdan davolangani munosabati bilan uyushtirilgan bayramona o‘tirishda boshqatdan zaharlandi. Bu haqda “Vesti.ru” xabar bermoqda.
Ziyofatda 20 kishi ishtirok etdi. Ular davolanganlik munosabati bilan qurbonga keltirilgan jonivorning go‘shtini iste’mol qildi. Ammo o‘tirish oila a’zolari va ularning mehmonlari uchun shifoxonada yakunlandi. To‘rt nafar zaharlanish qurboni haligacha reanimatsiyada.
Oila vakillari jiddiy tashvishda. Ovqatdan zaharlanish ularning dahshatli tushiga aylandi, deb ta’kidlanadi xabarda.
Oila to‘rt kishidan iborat. Birinchi marta ular o‘zlari zaharlangan bo‘lsa, bu safar ularning 16 nafar mehmoni ham kasal bo‘ldi.
Izoh (0)