Rossiyaning Angarsk shahri fuqarosi, 65 yoshli ikkinchi guruh nogironi pensioner Aleksandr Varenkov nogironlik taslim bo‘lish uchun sabab emasligi va to‘laqonli hayot kechirish mumkinligini isbotlash uchun Moskvagacha yugurib keldi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda.
Gimnastika bo‘yicha sobiq sport ustasi 20-iyun kuni Sharqiy Sibirdagi Angarsk shahridan to‘shakka aylanadigan 12 kilogrammli ryukzak bilan Moskva tomon yo‘l oldi. Poytaxtga pensioner ikki oy davomida yetib keldi. O‘z yo‘li davomida Varenkov ko‘chada hamda FVVning bo‘limlarida tunagan.
65 yoshli pensioner bir necha yil avval to‘rtinchi marta insultni boshidan o‘tkazib, ikkinchi guruh nogironiga aylangan. Ayni damda Aleksandr Varenkov Angarskdagi imkoniyati cheklangan odamlarga yordam beruvchi “Impuls” tashkiloti murabbiyi sanaladi.
Moskva Varenkovning so‘nggi manzili emas. Qrim uning yakuniy nuqtasi bo‘ladi. Pensioner har kuni marafon masofasi hisoblangan 42 kilometr 195 metrni yugurib o‘tadi. U nogironlar uchun maxsus ishlangan intervallar bilan yuguradi.
65 yoshli tashabbuskor Baykal ko‘li ostidan suzib o‘tib, yangi rekord o‘rnatmoqchi.
Izoh (0)