Yevropa Chempionlar Ligasi guruh bosqichiga qur’a tashlash vaqtida Rossiya va Ukraina klublari boshqa-boshqa guruhlarga ajratiladi. Bu haqda UEFA matbuot xizmati “TASS”ga ma’lum qildi.
“Rossiya va Ukraina klublari qur’a paytida ajratiladi”, – deya ma’lum qilindi UEFA matbuot xizmatida.
SSKA Rossiya chempioni sifatida YChL g‘olibi — “Real” (Ispaniya) hamda o‘z mamlakatida chempion bo‘lgan “Lester” (Angliya), “Bavariya” (Germaniya), “Yuventus” (Italiya), “Benfika” (Portugaliya) va “Pari Sen-Jermen” (Fransiya) bilan 1-savatchadan joy olgan.
Pley-off bosqichida “Ayaks” to‘sig‘idan o‘tgan Rossiya vitse-chempioni “Rostov” YChLda Rossiya sharafini himoya qiluvchi ikkinchi klub bo‘ldi va u 4-savatchadan joy oldi. Kiyevning “Dinamo” klubi (Ukraina) 3-savatchaga joylashdi.
Yevropa Chempionlar Ligasi guruh bosqichiga qur’a tashlash marosimi Monako shahrida bugun, 25-avgust kuni Toshkent vaqti bilan 21:00 da boshlanadi.
Izoh (0)