Buyuk Britaniyaning Sharqiy Susseks mintaqasida La-Manshda cho‘milayotgan besh nafar erkak cho‘kib ketdi. Bu haqda, Qirollik qutqaruv xizmatiga asoslanib, Sky News telekanali ma’lum qilmoqda.
Dastlab qutqaruvchilar uch kishini suvdan chiqarib oldi, lekin ularning hayotini saqlab qolishning imkoni bo‘lmadi. Keyinroq Kamber Sands plyajida yana ikki tana topildi. Halok bo‘lganlarning shaxsi aniqlanmoqda.
Voqeaning sabablari o‘rganilmoqda.
Izoh (0)