Kataloniyaning “Barselona” klubi o‘zi uchun yangi darvozabon xarid qildi, deb xabar berdi “Chempionat”.
Amsterdamning “Ayaks” klubi darvozaboni Yasper Sillessen “Barselona” bilan besh yillik shartnomaga imzo chekdi. Bu transfer katalon klubi uchun 13 million yevroga aylandi.
Yasper 26-avgust kuni rasman tanishtiriladi. U “Barselona”da ishonchni oqlay olsa, klub “Ayaks”ga qo‘shimcha yana 2 million yevro o‘tkazib beradi. Darvozabonning tovon puli esa 60 million yevro turadi.
Sillessen joriy mavsum 6 ta bellashuvda ishtirok etgan bo‘lib, jami 10 ta gol o‘tkazib yubordi. Xususan u Chempionlar Ligasining guruh bosqichiga chiqish yo‘lidagi o‘yinda “Rostov”dan 2 ta o‘yinda 5 ta gol qabul qilib oldi.
1989-yilda tug‘ilgan darvozabon Gollandiya terma jamoasi sharafini 30 ta o‘yinda himoya qilgan.
Izoh (0)