XXXI yozgi Olimpiada yakuniga yetib, Rio-de-Janeyro shahridan o‘z yurtiga qaytib kelgan Buyuk Britaniya olimpiya terma jamoasi a’zolari Xitrou aeroportida yuklar tarqatuvchi zalda yuzaga kelgan tartibsizlik haqida ijtimoiy tarmoqlarda xabar qildi, deb yozadi TJournal.
Tartibsizlikning yuzaga kelishida britaniyalik sportchilarning bir xil rangdagi yuklari sabab bo‘ldi. O‘z yukini topishda muammoga duch kelgan sportchilardan Rebekka Dauni (gimnastika), Aleks Gregori (eshkak eshish) va Nik Dempsi (vindsyorf) ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida ma’lum qildi.
Rio–2016 Olimpiada o‘yinlarida Buyuk Britaniya terma jamoasi jami 67 ta (27 ta oltin, 23 ta kumush va 17 ta bronza) medal bilan medallar reytingida AQShdan keyin ikkinchi o‘rinni egalladi.
Izoh (0)