AQShning turk muxolifatchisi Fathulloh Gulenni himoya qilish niyati yo‘q va amerikalik huquqshunoslar uni ekstraditsiya qilish talabnomasi doirasida sud uchun materiallar to‘plamoqda. Bu haqda AQSh vitse-prezidenti Jozef Bayden Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on bilan uchrashuvdan so‘ng ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “TASS”.
“Men bilan birga kelgan mutaxassislar delegatsiyasi sudga barcha qoidalar bo‘yicha murojaat qilish uchun dalillarni o‘rganmoqda. AQShda prezident ham, boshqa biror kishi ham ekstraditsiya haqida qaror qabul qila olmaydi. Jinoyatchini faqat sud ekstraditsiya qilishi mumkin”, — dedi u.
Bayden AQShning Gulen yoki boshqa biror kishini himoya qilish niyati va buning uchun biror sabab ham yo‘qligini qo‘shimcha qildi.
Erdo‘g‘on, o‘z navbatida, sud uchun hujjatlar to‘plash zaruratini tan oldi va AQSh bilan ikki tomonlama bitimlar borligini eslatib o‘tdi.
“Bu kelishuvlarga ko‘ra Gulen kabi odam hech bo‘lmasa vaqtincha hibsga olinishi kerak. Ammo u hozir ham ozodlikda va o‘z faoliyatini davom ettirmoqda”, — dedi Turkiya prezidenti.
Izoh (0)