Turkiya qo‘shinlari tomonidan Suriyadagi Jarablus shahrining o‘qqa tutilishi oqibatida 29 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda, Suriya Kurdistoni o‘z-o‘zini boshqarish idorasiga asoslanib, “Interfaks” xabar bermoqda.
Mahalliy hukumat tarqatgan bayonotga ko‘ra, Jarablusni 3 ming kishi tark etib, Manbij shahri tarafiga qochgan.
Ilgariroq Turkiya Suriya hududida IShIDga qarshi harbiy operatsiya boshlagani ma’lum qilingan edi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Mavzuga oid:
- OAV: Turkiya maxsus bo‘linmalari Suriya hududiga kirdi
- Turkiya tanklari va samolyotlari Suriyadagi IShID marralariga zarbalar berdi
- Erdo‘g‘on: Turkiya Suriyadagi harbiy operatsiyani terrorchilar hujumidan o‘zini himoya qilish uchun boshladi
- Turkiya Rossiya, AQSh va Eronni Suriyada operatsiya boshlaganidan ogohlantirdi
- Suriya Turkiyani mamlakat suverenitetini buzishda aybladi
Izoh (0)