IShID guruhi jangarilari Iroq armiyasi tomonidan qurshab olingan al-Kiara shahrining 10 ming kishilik aholisini garovda ushlab turibdi. Bu haqda, Sky News Arabia’ga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Aytilishicha, odamlar asosan shaharning markaziy kvartallarida garovga olingan bo‘lib, jangarilar, armiya hujum boshlagan taqdirda, ulardan jonli qalqon sifatida foydalanishga tayyor.
Qo‘shinlar jangarilardan shahar markazidagi ma’muriy binolarni tortib oldi. Kechki paytga qadar shahar butunlay armiya nazorati ostiga o‘tishi kutilmoqda.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)