Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev Polsha-Qozog‘iston iqtisodiy forumida chiqish qilar ekan, polshalik hamkasbi Anjey Dudaga transport koridori masalasida Rossiya bilan uch tomonlama shartnoma imzolashni taklif qildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
“Iqtisodiy hamkorlik bir og‘ir masalaga — transportga borib taqaladi. Qozog‘istondan Polshaga borish masalasiga. An’anaviy yo‘nalish — Rossiya orqali”, — dedi u.
Shundan so‘ng u Dudaga murojaat qildi:
“Keling, bugun tashabbus bilan chiqamiz, Rossiyaga murojaat qilib, hech bo‘lmaganda transport bo‘yicha uch tomonlama shartnoma ustida ish boshlaymiz”.
Bundan tashqari, Nazarboyev ayni paytda ikki davlat o‘rtasida avialoqa o‘rnatish masalasi hal qilinayotganini qo‘shimcha qilib o‘tdi.
Izoh (0)