Myanmada sodir ro‘y bergan kuchli zilzila oqibatida kamida to‘rt kishi halok bo‘ldi. Bu haqda, Myanmar Times nashriga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Aytilishicha, tabiiy ofat oqibatida 70 tacha budda ibodatxonasi vayron bo‘lgan.
Mamlakat markazidan o‘tgan zilzila magnitudasi 6,8 ni tashkil etdi. Yangon shahrida, shuningdek, Bangladesh poytaxti Dakka hamda Hindistonning bir qancha shtatlarida ham silkinishlar sezildi.
Izoh (0)