Italiya markazida 4,9 magnitudali yana bir zilzila ro‘y berdi. Bu haqda “TASS” ma’lum qildi.
RAI News telekompaniyasining xabar berishicha, aftershoklar keng hududda, shu jumladan, poytaxt Rimda ham his etilgan.
Eslatib o‘tamiz, zilzila Italiya markazida mahalliy vaqt bilan 03:36 da (Toshkent vaqti bilan 06:36 da) sodir bo‘ldi. 6,0 magnitudali yer silkinishi epitsentri Riyeti provinsiyasida 4 km chuqurlikda joylashgan edi.
Oxirgi ma’lumotlarga qaraganda, qurbonlar soni 63 kishiga yetgan.
Izoh (0)