Germaniyaning sobiq prezidenti Valter Sheyel davomli xastalikdan so‘ng 97 yoshida olamdan o‘tdi. Bu haqda, Sueddeutsche Zeitung nashriga asoslanib, “Interfaks” xabar bermoqda.
Sheyel 1974–1979-yillarda GFR prezidenti bo‘lgan edi. U kansler Villi Brandt bilan bir qatorda ikki Germaniyaning birlashishiga asos bo‘lgan yangi “Sharqiy siyosat” otasi hisoblanadi.
Izoh (0)