AQSh rasmiylari go‘yoki Rossiyaga aloqador xakerlar The New York Times gazetasi va Amerikaning boshqa OAVlari jurnalistlarining kompyuterlariga hujum qilgan deb hisoblamoqda. Bu haqda Amerikaning CNN telekompaniyasi ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “TASS”.
Telekompaniya manbalarining ta’kidlashicha, Rossiya maxsus xizmatlari uchun ishlovchi xakerlar The New York Times va boshqa OAVlar jurnalistlarining kompyuterlariga bir qator kiberhujumlarni amalga oshirgan.
Federal qidiruv byurosi va Amerikaning boshqa agentliklari oxirgi oylarda qayd etilgan kompyuter tizimlariga bostirib kirishlar yuzasidan surishtiruvni boshlagan.
CNN’ning qayd etishicha, ushbu bosqichda tergovchilar mazkur hujumlar ortida Rossiya Federatsiyasi razvedka xizmatlari turibdi va rossiyalik xakerlar Demokratik partiya bilan bog‘liq tashkilotlarni nishonga olmoqda deb hisoblaydi.
Izoh (0)