Rossiya olimpiya terma jamoasining samolyoti bahaybat matryoshkani bortga olib kirish vaqtida uchralgan qiyinchilik tufayli Rio-de-Janeyrodagi aeroportdan o‘z vaqtida uchib keta olmadi. Bu haqda “Sport-Ekspress”ga tayanib, TJournal xabar bermoqda.
Xabarda qayd etilishicha, reys uch soatdan ortiq vaqtga kechiktirildi. Avvalroq yo‘lovchilarga Riodagi aeroportda samolyotlarning ko‘payib ketgani tufayli reys yarim soatga qoldirilishi ma’lum qilingandi.