Shu yilning 10-sentabridan 1-oktabriga qadar futzal bo‘yicha Kolumbiyada bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionatiga tayyorgarlikni davom ettirayotgan O‘zbekiston termasi Italiyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazadi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston futzal assotsiatsiyasi matbuot xizmati.
Italiyaliklar bilan bahs 7-sentabr kuni, Kali shahrida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Avvalroq Xose Mariya Mendez boshchiligidagi O‘zbekiston futzal terma jamoasi Eron, Portugaliya va Ispaniya termalari bilan o‘rtoqlik uchrashuvlari o‘tkazishi haqida xabar berilgandi. Terma jamoa Portugaliya va Ispaniya bilan o‘yinlardan keyin Italiya bilan bellashuvga qadar Ispaniyada 3 kunlik yig‘in o‘tkazadi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasi futzal bo‘yicha JCh–2016 musobaqasining “A” guruhida Kolumbiya, Portugaliya va Panama termalariga qarshi bahs olib boradi.
Izoh (0)