Kuni kecha uch foizdan ko‘proq arzonlashgan neft narxlari 23-avgust, seshanba kuni ham arzonlashishda davom etmoqda. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Goldman Sachs tahlilchilari avgust oyida narxlarning 20 foizlik oshishi haddan ortiq bo‘lib, talab va taklifning real me’yorini aks ettirmaydi deb hisoblamoqda.
Bank tahlilchilarining fikricha, narxlarning o‘sishiga asos bo‘luvchi sabablar emas, balki neft qazib oluvchi mamlakatlarning qazib olishni muzlatib qo‘yish haqida qaror qabul qilish ehtimoli va dollar qiymatining kuchsizlanishi sabab bo‘lgan.
Neftning Brent markasi oktabr fyucherslari Londonning ICE Futures birjasida Toshkent vaqti bo‘yicha 09:55 da 1 foizga pasayib, barreliga 48,64 dollarni tashkil etdi.
WTI markali neft uchun sentabr shartnomalari Nyu-York savdo birjasida 1,3 foizga arzonlashib, barreliga 46,78 dollarni tashkil etmoqda.
Izoh (0)