KXDRning uch fuqarosi Sariq dengiz orqali suv chegarasini kesib o‘tib, Janubiy Koreya hukumatidan boshpana so‘radi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Aytilishicha, ularni dengiz qorovuli xizmati qutqarib olgan.
“Bu odamlar darhol biz tomonga o‘tish niyatini bildirdi”, — dedi “Ryonxap” agentligining hukumatdagi manbalari.
Voqea 7-avgust kuni Inchxon porti yaqinida sodir bo‘ldi. Qutqarib olingan Shimoliy Koreya fuqarolari maxsus xizmatlar qo‘liga topshirildi.
Izoh (0)