KXDR chet eldagi diplomatlarning bolalari yaqin vaqt ichida yurtiga qaytishi lozimligi yuzasidan ko‘rsatma berdi. Bu haqda, “Ryonxap” agentligining Janubiy Koreya Milliy razvedka xizmatidagi manbalariga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Ushbu farmoyish 25 yoshdan kattalarga oiddir. Shu yo‘l bilan rasmiy Pxenyan diplomatik missiyalar ishchilarining qochib ketishi holatlarini oldini olishni rejalashtirmoqda.
Oxirgi paytlarda KXDR diplomatik missiyalari vakillari rasmiy Seulga murojaat qilib, boshpana so‘rashi bilan bog‘liq holatlar ko‘paymoqda. Bu masala parlament qo‘mitasining maxsus xizmatlar vakillari ishtirokida o‘tgan yig‘ilishida muhokama qilindi. Yig‘ilishda Shimoliy Koreyaning Londondagi elchixonasi vakili Txe Yen Xo bilan bog‘liq holat yodga olindi.
Izoh (0)