Jizzaxda mustaqillik bayrami arafasida “Jizzax kitob olami” ma’naviy-ma’rifiy majmuasi ish boshladi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Majmuaning ochilish marosimida yosh avlodning ma’naviy va intellektual ehtiyojini qondirish, kitobga qiziqishini oshirish, mutolaa madaniyatini yuksaltirish, yoshlarni vatanga muhabbat, istiqlol g‘oyalariga sadoqat va milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi.
O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi tashabbusi bilan barpo etilgan majmuada O‘zbekiston nashriyotlarida chop etilgan 20 ming nusxadan ziyod turli kitoblar sotilmoqda.
Alohida bolalar bo‘limi, mavzular bo‘yicha peshtaxtalar, ko‘rgazmalar tashkil etilgani xaridorlarga manzur bo‘lmoqda.
Izoh (0)