Janubiy Koreyada 15 yildan beri ilk marotaba vabo bilan xastalanish holati qayd etildi. “TASS”ning mamlakat xastaliklarni nazorat qilish va ularning oldini olish markaziga asoslanib bildirishicha, xastalikka chalingan fuqaro Kvanju shahrida istiqomat qiladi.
Ayni paytda tibbiyot xodimlari infeksiya manbasini aniqlash maqsadida epidemiologik tadqiqotlar olib bormoqda. Migratsion xizmat ma’lumotlariga qaraganda, vaboga yo‘liqqan 59 yoshli kishi joriy yilda chet elga chiqmagan.
Ayni paytda mijoz karantinga olingan. Uning qarindoshlari orasida xastalanganlar qayd qilinmadi.
Izoh (0)