Sport musobaqalarida, ayniqsa Olimpiya o‘yinlarida nosog‘lom oziq-ovqat reklamasiga o‘rin yo‘q. Bu haqda BMTning ovqatlanish huquqi va sog‘liq huquqi bo‘yicha maxsus hisobotchilari Hilola Elver va Daynyus Puraslar bayonot berdi, deb xabar qiladi “TASS”.
Ular Xalqaro olimpiya qo‘mitasini hamda milliy qo‘mitalarni Olimpiadalardan nosog‘lom ovqat tanovuli reklamasi yo‘lida foydalanilishiga yo‘l qo‘ymaslikka chaqirdi.
“Nosog‘lom parhezlar yuqumsiz xastaliklar hamda erta o‘limning asosiy sabablaridan biri bo‘lib, bu yaqinda Butundunyo sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan o‘tkazilgan global tadqiqot natijalariga ko‘ra tasdiqlandi. Kuchli qayta ishlashga uchragan, natriy, shakar, transyog‘lar va to‘yingan yog‘larning yuqori darajasiga ega ovqatni tanovul qilish yurak kasalliklari, diabet va saratonning parhez bilan bog‘liq turlarini keltirib chiqaradi”, — ta’kidlanadi ekspertlarning Jenevada tarqatilgan bayonotida.
Izoh (0)